Ommaviy oferta
TaksiTop xizmatidan foydalanish shartlari
1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Shartlar (keyingi o’rinlarda “Shartlar” deb yuritiladi), “METAFORA” MChJning (keyingi o’rinlarda “METAFORA MCHJ” deb yuritiladi) Internet tarmog’i foydalanuvchisiga (keyingi o’rinlarda “Haydovchi yoki Yo’lovchi” deb yuritiladi) “TAKSI TOP” (keyingi o’rinlarda “PLATFORMA” deb yuritiladi) xizmatidan foydalanish taklifi hisoblanadi.
1.2. Platformadan/uning alohida funksiyalaridan foydalanishni boshlagan Foydalanuvchi ushbu Shartlarni hech qanday shart va istisnolarsiz to’liq qabul qilgan deb hisoblanadi. Agar Foydalanuvchi Shartlarning qandaydir qoidalariga rozi bo’lmasa, Foydalanuvchi Platformadan foydalanish huquqiga ega emas.
1.3. METAFORA MCHJ orqali xizmat ko’rsatish sifatini yanada yaxshilash uchun istalgan vaqtda Foydalanuvchini ogohlantirmasdan ushbu shartlarning qoidalarini o’zgartirish huquqiga ega. Agar Foydalanuvchi ularga rozi bo’lmasa, Foydalanuvchi Platformadan foydalanishni to’xtatish huquqiga ega.
2. Taksi Top Platformasidan foydalanish. Platformaning alohida funksiyalari.
2.1. METAFORA MCHJning Taksi Top Platformasi yo’lovchilar va yuklarni tashish va axborot-dispetcherlik xizmatlarini ko’rsatmaydi balki faqat haydovchilarni Platforma orqali bergan e’lonini yo’lovchilarga Platformada ko’rsatadi va ularni uchrashtirish imkonini beradi.
2.2. Haydovchi Taksi Top Platformasi orqali beradigan bir martalik e’loni uchun Taksi Top Platformasiga to’lov amalga oshirishi shart. Haydovchi yo’l haqi narxini o’zi istagandek belgilash shuningdek shaxsiy va notijorat maqsadlarda foydalanish huquqiga ega.
2.3. METAFORA MCHJ haydovchilar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarning mazmuni va (yoki) dolzarbligi, shu jumladan haydovchilar xizmatlarining narxi, shuningdek ularning hozirgi paytda mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlar uchun javobgar emas. Foydalanuvchilarning xizmatlardan foydalanish bo’yicha haydovchilar bilan o’zaro munosabatlari Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda (Platformaning-ning ishtirokisiz) haydovchilar tomonidan qabul qilingan xizmatlarni taqdim etish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. METAFORA MCHJ Foydalanuvchilar ya’ni haydovchi va yo’lovchilar tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy va boshqa operatsiyalar, shuningdek yo’lovchi tomonidan haydovchi xizmatidan foydalanishning har qanday oqibatlari uchun javobgar bo’lmaydi.
2.4. Yo’lovchi haydovchilarning xizmatlarini baholash, shuningdek Platforma va (yoki) haydovchilar to‘g‘risida izohlar/sharhlarni joylashtirishi imkoniyati bo’ladi va bu orqali haydovchilar reyting shakllantiriladi. Yo’lovchilarning baholari va sharhlari haydovchi reytingida joylashtiriladi. Yo’lovchilar tomonidan bildiriladigan baholar va sharhlar haydovchilar reytingiga ta’sir ko’rsatadi. Platforma har qanday baholar/sharhlarni joylashtirishdan bosh tortish, shuningdek istalgan vaqtda Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan baholarni/sharhlarni o’z xohishiga ko’ra va sabablarini ko’rsatmasdan o’chirish/bloklash qilish huquqini o’zida saqlab qoladi.
2.5. Haydovchilar ham qo’pol muomilada bo’lgan yoki ko’ngilsiz hodisalarni keltirib chiqargan yo’lovchilarni o’chirish/blokirovka qilish huquqiga ega va bu orqali kelajakda ular Platforma orqali bir birlarini topa olmaslik holati yuzaga keladi toki haydovchi o’chirish/blokirovkadan ozod qilmagunicha.
3. Qo’shimcha shartlar
3.1. To’g’ridan-to’g’ri yoki haydovchiga naqd pulda, yoki to’lov xizmatlaridan (PAYME va boshqalar) foydalangan holda pul o’tkazish orqali. Ko‘rsatilgan to’lov turi Platforma ishtirokisiz amalga oshiriladi va o’zaro hisob-kitoblarda qatnashmaydi va bu Platforma uchun ushbu jarayon bo‘yicha hech qanday javobgarlikni yuklamaydi.
3.2. Platforma haydovchi va yo’lovchi o’rtasida sodir bo’ladigan ko’ngilsiz hodisalar uchun javobgar bo’lmaydi.
3.3. “METAFORA MCHJ xizmatidan foydalangan holda xizmatlarni ko’rsatish jarayonida yuzaga kelgan yo’l transport hodisalari uchun javobgar bo’lmaydi, shuningdek yo’l transport hodisalari barcha oqibatlari uchun haydovchi mustaqil ravishda javobgar bo’ladi. Agar “METAFORA MCHJ” yo’l transport hodisalari tufayli zarar ko’rsa, haydovchi zararni “METAFORA MCHJ” ga qoplashi shart, zarar qoplanmagan bo’lsa, “METAFORA MCHJ” haydovchini Platformadan o’chirib qo’yish huquqiga ega.
3.4. Platforma haydovchilar yo’lovchilar tomonidan berib yuboriladigan jo’natmalar/pochtalar uchun hamda jo’natmalar orqali sodir bo’ladigan ko’ngilsiz hodisalar uchun javobgar bo’lmaydi.
3.5. “METAFORA MCHJ” davlat organlari va uchinchi shaxslar oldida haydovchi tomonidan quyidagi narsalarni tashish, saqlash holatlari aniqlanganda javobgar emas:
• jangovar qo’l qurollari, fuqarolik va xizmat qurollari, o’q-dorilar, ular uchun ehtiyot qismlar va butlovchi qismlar, kamonlar va sport arbaletlari, yorug’lik, tutun va tovush signallarini uzatish uchun mo’ljallangan qurollar, elektr qurollari, elektroshok qurilmalari va uchqun ushlagichlari, sovuq pichoq qurollari, kistenlar, kasteklar, syurikenlar, bumeranglar va boshqa zarba beruvchi-maydalovchi, otuvchi, sanchuvchi-kechuvchi harakatlar uchun moslashtirilgan predmetlar, sport snaryadlari bundan mustasno, ikkita maqsadda foydalanish uchun mo‘ljallangan maxsus texnik vositalar va ular uchun butlovchi qismlar, feyerverklar, signal raketalari va o’q-dorilar;
• giyohvand moddalar, psixotrop moddalar, prekursorlar va ularning analoglari;
• yadro materiallari, radioaktiv, kuchli, o‘tkir hidli, portlovchi va yonuvchan moddalar, portlatish moddalar, pirotexnika moddalari va ulardan foydalanadigan mahsulotlar va boshqa xavfli moddalar;
• zaharlar, zaharli hayvonlar, zaharli moddalar, zaharli o’simliklar va zaharli o’simliklarning urug’lari;
• milliy valyuta va chet el valyutasi;
• konstitutsiyaviy tuzumni zo’ravonlik bilan o’zgartirish, davlat xavfsizligini buzish, urush, ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy, sinfiy va qabilaviy ustunlik, shafqatsizlik, zo’ravonlik va pornografiyani targ’ib qilish yoki tashviq qilishni o’z ichiga olgan bosma nashrlar, tasviriy materiallar, kino, foto, audio va video materiallar;
• maxsus qadoqsiz tez buziladigan mahsulotlar;
• tabiatan yoki qadog‘i sababli odamlar uchun xavfli bo’lishi mumkin bo’lgan, boshqa yuklarni, atrofdagi odamlarni yoki narsalarni ifloslantirishi yoki buzishi (zarar yetkazishi) mumkin bo‘lgan narsalar va moddalar;
• hayvonlar va o’simliklar, biologik materiallar;
• tashish uchun maxsus jihozlangan transport vositalarini talab qiladigan narsalar, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlari;
• ochiq idishdagi suyuqliklar;
• katta gabaritli bo‘lmagan narsalar;
• maxsus qadoqlanmagan mo’rt narsalar;
• yetkazib berish xizmati ko’rsatiladigan mamlakat hududida tarqatish taqiqlangan yoki cheklangan boshqa narsalar.
“METAFORA MCHJ”
+998947307530